Toshkent viloyati Parkent tumanidagi xususiy hayvonot bog‘ida 3 ta sher qafasdan chiqib ketib, qorovulga tashlangan, oqibatda u tan jarohatlari olib, halok bo‘lgandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Lion park xususiy hayvonot bog‘ida 3 ta sher qafasdan chiqib ketdi. Sherlar qorovulga tashlangan, oqibatda u tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan. Hayvonlarning ikkitasi qafasga qaytarildi, biri otib o‘ldirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting